Turkiya qamoqxonalarida umrbod jazo muddatini o‘tayotgan Kurdiston ishchi partiyasi yetakchisi Abdulloh O‘jalan olti oy ichida o‘ziga sodiq kuchlarning mamlakat hukumati bilan ixtilofini to‘xtatishga va’da berdi. Bu haqda, uning ukasi Mehmetning bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mehmet oxirgi bir yarim yil mobaynida birinchi marta, Qurbon Hayiti munosabati bilan akasini ko‘rishga ruxsat oldi.
“Bizda ayrim loyihalar bor, biz vaziyatni iziga tushirish jarayonidan voz kechmadik. Olti oy ichida biz bu masalani hal qilamiz. Bu ma’nisiz urush. Ko‘z yoshlari va qon to‘xtasin”, — dedi uchrashuv chog‘ida O‘jalan.
Izoh (0)