Shimoliy Koreya rasman yadroviy qurolga ega mamlakat sifatida tan olinishi lozim. Bu borada KXDR tashqi ishlar vaziri bayonot berdi, deb yozmoqda “Kommersant.ru”.
“AQSh prezidenti Barak Obama KXDRning rasman tan olingan yadroviy hokimiyat sifatidagi strategik maqomini payqamaslikka urinmoqda. Ammo bu o‘z-o‘zidan tushunarli faktni inkor qilishga bo‘lgan ahmoqona harakatdir”, — uning so‘zlarini keltiradi AFP.
Eslatib o‘tamiz, 9-sentabr kuni Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi beshinchi yadroviy sinovni o‘tkazdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat tarixidagi eng yirik yadroviy sinov bo‘lgan, KXDR rahbariyati esa endi yadroviy kallaklarni ballistik raketalarga o‘rnata olishini ma’lum qildi. BMT, AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya sanksiyalarni kuchaytirish borasida bayonotlar bermoqda.
Izoh (0)