Ukraina Milliy texnika universiteti talabasi Dmitriy Lipko eski “Zaporojets” mashinasini elektromobilga aylantirib oldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Bu haqdagi ma’lumot universitet paydandlash fakultetining Facebook’dagi sahifasida chop etildi va qisqa vaqt ichida Ukraina matbuotining diqqatini tortdi.
Eski mashinaga yangi hayot bag‘ishlash uchun talabaga elektr dvigatel, Nissan Leaf akkumulyatorlari qismlari va kontrollyor kerak bo‘ldi. Loyihalashtirish va yig‘ish ishlari 3 oy vaqt oldi. Lipkoga otasi va “Yelektro-avtosam” avtoklubi a’zolari yordam berdi.
Yangilangan avtoning yo‘l yurish zaxirasi 50 kilometrni tashkil etadi. Bu talabaga uydan universitetga borish va ortga qaytish uchun yetarlidir.
Izoh (0)