Sankt-Peterburgda atigi 100 soniya mobaynida to‘rtta BMW o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
1-sentabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan 18:27 da to‘rt nafar erkak Savushkin ko‘chasida joylashgan BMW saloniga kirdi. Ular umumiy qiymati 20 million rubl atrofida bo‘lgan BMW X6, BMW 7, BMW X5 va BMW 5 avtomobillariga yaqinlashib, ularni kalit bilan ochdi va jo‘nab ketdi. Barchasi ikki daqiqadan kamroq vaqt oldi.
“Fontanka” nashriga ko‘ra, o‘g‘rilar avvaliga yangi mashinalar kalitlarining ikkinchi nusxasi saqlangan seyfni o‘margan. Seyf joylashgan bino jiddiy qo‘riqlanmagani aytilmoqda.
Izoh (0)