Germaniyaning Sono Motors kompaniyasi kuzoviga quyosh batareyalari o‘rnatilgan va ventilyatsiya tizimida lishayniklar bo‘lgan SION elektromobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb yozadi N+1. Prototiplarni ishlab chiqarish uchun mablag‘ni kompaniya Indiegogo kraudfanding platformasi orqali to‘pladi.
Loyiha mualliflari hisob-kitoblariga ko‘ra, kuzovning quyosh batareyasi panellari bilan qisman qoplanishi ham kunduzgi harakatlanish zaxirasiga bir necha o‘nlab kilometrlarni qo‘shishi mumkin.
Salonning havo filtri sifatida ishlab chiquvchilar tirik lishaynikdan foydalanmoqchi — Sono Motors vakillari fikricha, bunday filtr samarali bo‘lib, hech qanday qo‘shimcha e’tiborni talab qilmaydi. Lishaynikli filtrni almashtirish mexanizmi haqida kompaniya saytida hech narsa deyilmagan.
Ishlab chiquvchilar kraudfanding yordamida to‘plangan mablag‘ga SION’ning bir nechta prototipini yaratib, 2017-yilda test-drayv uyushtirmoqchi.
Izoh (0)