Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida qaytadan alangalangan tartibsizliklar tufayli 10-sentabr kuni ikki kishi halok bo‘ldi. Shu tariqa, uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan tartibsizliklar qurbonlarining umumiy soni 75 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Halok bo‘lganlar Botengoo va Tukroo shaharlaridagi aholining politsiya bilan to‘qnashuvlari ishtirokchilari edi. Mahalliy aholi vakillari politsiyachilarni toshbo‘ron qilgani bois huquq-tartibot xodimlari qurol ishlatishga majbur bo‘ldi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi.
Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan Jammu va Kashmir shtatiga Pokiston da’vogarlik qiladi. Mahalliy aholi Hindiston hukumati vakillari bo‘lmish davlat organlariga qarshi norozilik namoyishlari va agressiv aksiyalar o‘tkazib turadi.
Izoh (0)