AQSh Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan yangi yadroviy sinovlarga javoban yangi sanksiyalarni joriy etadi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauer jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, rasmiy Vashington BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari va Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarning boshqa ishtirokchilari, shuningdek, jahon hamjamiyati bilan birgalikda ishlab, Kengashning tegishli rezolyutsiyalari amalga oshishi yo‘lida harakat qiladi.
“Shimoliy Koreyaga uning xavfli xatti-harakatlari oqibatlarga egaligini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha qadamlar tashlaymiz, jumladan, yangi sanksiyalar joriy etamiz”, — dedi Pauer.
Ilgariroq KXDR vakillari o‘tkazilgan yadroviy sinovlar AQSh bosimiga qarshi choralar ekanini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)