Yevroittifoqdagi 18 ta poytaxtda o‘n fuqarodan kamida to‘qqiz nafari shahardagi hayotidan mamnun. Bu haqda Yevrostat ma’lumotlari dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
O‘zi istiqomat qilayotgan shahardan eng ko‘p Vilnyus (98%), Stokgolm va Kopengagen (97 foizdan), shuningdek, Vena va Lyuksemburg (86 foizdan) aholisi mamnun ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur ko‘rsatkich Afina fuqarolari orasida eng past ekanligi ma’lum bo‘ldi (71%). Buxarest va Parijda aholining 83, Rimda esa 80 foizi poytaxtdagi hayotidan qoniqish bildirdi.