Rossiyada “tilshunoslik politsiyasi”ni tuzishni taklif qilishdi, deb yozadi TJournal.
Adabiyot va rus tili o‘qituvchilari shu tariqa rus tilini chet tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardan himoya qilmoqchi.
“Men o‘ylaymanki, ‘tilshunoslik politsiyasi’ga — bu umuman olganda politsiya bo‘linmasi ham bo‘lishi mumkin — boshidan maqom va vakolat taqdim etilsa, bu loyiha kelajakda vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Hozir qahvaxonalarimiz, do‘konlarimiz nomlariga qarang — aynan shular bola uchun til muhitini ta’minlaydi. Ya’ni u so‘zlarning noto‘g‘ri qiyofasini ko‘radi, lotin harflari kirill harflari bilan aralashib ketgan so‘zlarni ko‘radi va buni o‘ziga singdirib oladi”, — dedi prezident huzuridagi rus tili bo‘yicha kengash a’zosi Roman Doshchinskiy.
Tashabbus mualliflari Fransiyada amal qiladigan “Tubon qonuni”ni misol qilib keltirdi. U nomlarda, e’lonlarda, reklamada, tovar va xizmatlar nomlanishida, shuningdek, moliyaviy hisobotlarda davlat tilidan majburiy tarzda foydalanilishini talab qiladi.
Izoh (0)