Suriya g‘arbidagi Xama viloyatida isyonchilar otryadlari va hukumat kuchlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 100 mingga yaqin aholi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, so‘z 28-avgustdan 5-sentabrgacha bo‘lgan davr haqida bormoqda. Oilalarning aksariyati hududning shimolidagi aholi punktlaridan viloyatning ma’muriy markazi Xama shahriga yashirinish uchun qochmoqda. Aholining yana bir qismi qo‘shni Idlib viloyatiga o‘tishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)