Reper Uiz Xalifa va qo‘shiqchi Charli Putning See You Again ashulasiga ishlangan klip YouTube’da ikki milliard martadan ko‘proq ko‘rildi. Klip videoservisda bu natijani ko‘rsatgan ikkinchi rolik bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.
“Forsaj” filmidan kadrlarni o‘z ichiga oluvchi klip franshiza yulduzi, marhum aktyor Pol Uokerga bag‘ishlovdir. U 2015-yil martida, Uoker qatnashgan oxirgi, yettinchi “Forsaj” bilan qariyb bir vaqtda chiqarilgan edi.
YouTube’ning mutlaq rekordchisi bo‘lib Gangnam Style klipi qolmoqda. Hozirgi paytga qadar u 2,6 milliard marotaba ko‘rildi.
Izoh (0)