Tez yordam vertolyoti yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan velosipedchiga yordam ko‘rsatish uchun Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning qarorgohi Bukingem saroyi devori yonidagi maydonga qo‘ndi. Bu haqda Daily Star nashri ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Vertolyot Buyuk Britaniyani XIX asrda boshqargan britaniyalik monarx sharafiga barpo etilgan Viktoriya memoriali yaqiniga qo‘ndi. Voqea joyiga politsiya naryadlari yetib keldi va avtotransport vositalari harakatini to‘xtatdi. Poytaxt politsiya xizmatining ma’lum qilishicha, jabrlangan velosipedchi hayoti uchun xavf tug‘diruvchi og‘ir shikastlanish olgan.
90 yoshli Yelizaveta II Londondagi qarorgohida haftaning uch kunida istiqomat qiladi. Bukingem saroyi atrofidagi hudud kuchaytirilgan qo‘riqlov ostida bo‘lganligi uchun u yerga vertolyotning qo‘nishi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)