Google kompaniyasi mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv natijalari aks etgan sahifadan sotib olish imkoniyatini beruvchi Shop the Look funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda, AdWords reklama servisining rasmiy blogiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hozircha yangi funksiya faqat kiyim-kechakka yo‘naltirilgan bo‘lib, u rasmlarda aks etgan yoki ularga o‘xshash tovarlarni topish imkonini beradi. Bundan tashqari, avtomatik algoritm ekspert yoki yulduz tanlagan kiyimlarni natijalarda aks ettira oladi.
Natijalar oddiy reklama e’lonlaridagi kabi prinsiplarga asoslanadi, har bir klik uchun reklama beruvchi pul to‘laydi.
Ayni paytda xizmatdan faqat AQSh hududida foydalanish mumkin.
Izoh (0)