Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatining Zarafshondagi “Alpomish” sport klubi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘zbekistonlik yaxtachilar Qozog‘istonda o‘tkazilgan yelkanli sport kemalari bo‘yicha “Qapchag‘ay alangalari” xalqaro musobaqasida ishtirok etib, ikkita birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
10−18-avgust kunlari Qapchag‘ay suv omborida bo‘lib o‘tgan musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston sportchilari ishtirok etdi. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramay, sportchilar Anton Tereshchenko va Nursultan Kabulov o‘z yo‘nalishida barcha raqiblaridan o‘zib, birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik yaxtachilarning murabbiyi Vyacheslav Butkevich hisoblanadi.
Izoh (0)