Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tayotgan 42-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi qizlari Rossiyaga imkoniyatni boy berdi, deb yozdi “Olamsport”.
Nafisa Mo‘minova va Gulruhbegim Tohirjonova mos ravishda Aleksandra Kostenyuk hamda Valentina Guninaga yutqazdi. Yana ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi qiz — Irina Gevorkyan hamda Sarvinoz Qurbonboyeva durang o‘ynadi. Umumiy hisob — 1:3.O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadaning dastlabki turida Paragvayni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi kuni Belgiyani 3:1 hisobida taslim qilgandi.
5-sentabr kuni Avstriya termasiga qarshi dona suradigan O‘zbekiston qizlar terma jamoasi ayni paytda 36-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)