Fransiyalik avtotashuvchilar va fermerlar Kale shahri atrofida muhojirlar o‘z ixtiyoricha qurib olgan qarorgohni buzib tashlash talabi bilan shaharni to‘sib qo‘ymoqchi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AFP’ga ko‘ra, Kalega 70 yuk mashinasidan iborat ikki kolonna yaqinlashmoqda. Ular shahar yaqinida birlashib, A16 avtomagistralini to‘sib qo‘ymoqchi. Bu yo‘ldan Yevropa yuk tashuvchilari Buyuk Britaniyaga yuk yetkazishda tranzit maqsadida foydalanadi. Yo‘lda namoyishchilarga traktor mingan qishloq xo‘jaligi ishchilari qo‘shilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Kalening o‘zida savdogarlar va dokerlar jonli zanjir qurishni rejalashtirmoqda. Bu aksiya 500 kishini to‘plashi aytilmoqda.
Izoh (0)