Qirg‘izistonning tog‘li hududidagi Issiqko‘l ko‘li qirg‘oqlarida 3-sentabr, shanba kuni ikkinchi Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida Qirg‘iziston va Tatariston prezidentlari, Rossiya prezidentining madaniyat ishlari bo‘yicha maxsus vakili, AQSh davlat kotibining o‘rinbosari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.
Bu yilgi o‘yinlarda 60 dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar 25 ta sport turi bo‘yicha kuch sinashadi. Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlaridan reportajlarni 160 mamlakatda ko‘rsatiladi.
Izoh (0)