Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 3-saralash bosqichining 2-turida maydonga tushish uchun Qatar poytaxti Dohaga jo‘nab ketdi.
O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, milliy terma jamoa futbolchilari Qatarga charter reys bilan yo‘l olgan.
JCh—2018 3-saralash bosqichini O‘zbekiston Suriya ustidan qozonilgan minimal g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Eron bilan 90 daqiqa teng kurash olib borgan Qatar yakunda 2 ta gol o‘tkazib yuborgandi.
Izoh (0)