AQSh Federal qidiruv byurosi mamlakat prezidentligiga nomzod, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning so‘roqqa tutilishi matnini e’lon qildi. Klinton o‘z shaxsiy elektron pochtasi orqali maxfiy ma’lumotlarni yo‘llashda ayblanib so‘roqqa chaqirilgan edi, deb eslatadi Meduza.
So‘roq 2016-yilning iyulida olingan edi. Uning matni 11 sahifadan iborat. U yerdagi axborotning bir qismi maxfiy tutilgan.
Bundan tashqari, FQB saytida mazkur ish yuzasidan olib borilgan taftish yakunlari chop etildi.
The New York Times nashrining bildirishicha, bu materiallar hech narsani o‘zgartirmaydi, faqatgina Donald Trampga tanqid uchun ko‘proq asos berishi mumkin, xolos.
Izoh (0)