Yevrokomissiya Vimpelcom va Hutchison’ning Italiyadagi aktivlari birlashtirilishi borasidagi kelishuvini ma’qulladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sheriklar regulyatordan rozilik olish uchun Fransiyaning Iliad operatori bilan shartnoma imzoladi. Endilikda Fransiya kompaniyasi Wind Telecomunicazioni (Vimpelcom) chastota va uyali minoralaridan bir qismini, Italia (Hutchison’ning shu’ba korxonasi) chastotalaridan uchtasini sotib oladi.
Kelishuvning yakuniy parametrlari 2015-yilning avgustida e’lon qilingan edi, ammo o‘sha yilning mart oyida Yevrokomissiya jarayonni taftish qila boshladi. Regulyator ikki yirik kompaniya aktivlarining birlashishi Italiyada mobil xizmatlar narxining oshishiga hamda tanlov imkoniyatlarining cheklanishiga olib kelishidan hadiksiragan edi.
Izoh (0)