London birjasidagi sotuvlar davomida 1-sentabr kuni Brent rusumli neftning noyabr fyucherslari narxi 12-avgustdan beri birinchi marta 46 dollardan pastga tushdi. Ayni paytda bu neftning barreli 45,83 dollarga baholanmoqda va narxlar tushishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Tushishning sababi sifatida Rossiya energiya vaziri Aleksandr Novakning so‘zlari keltirilmoqda. Novak hozirgi narxlarda neft qazib olish hajmini cheklashga zarurat ko‘rmayotganini ta’kidladi. U barreliga 50 dollar narxni normal deb hisoblashini aytdi.
“Agar neft narxi tushishda davom etsa, Rossiya muloqotga tayyor”, — ta’kidladi vazir.
Izoh (0)