AQSh prezidenti Barak Obama bir haftadan ortiq muddatga Vashingtonni tark etadi. 31-avgust, chorshanba tongida u mamlakat bo‘ylab va xorijga davomli safarga yo‘l oladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Obama safari davomida bir qator xalqaro uchrashuvlar, jumladan, “yigirmatalik”ning (G20) Xanchjoudagi (Xitoy) sammitida ishtirok etadi.
XXRga Obama Xitoy mahalliy vaqti bo‘yicha 3-sentabr, shanba kuni tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bunga qadar u Amerika hududida — Nevada shtati, Gavayi va Tinch okeanidagi Miduey marjon orollarida bo‘ladi. Bu hududlarning barchasida uning tashrifi ekologiya masalalariga bog‘liq ishchi kun tartibiga ega bo‘ladi.
Amerika prezidenti Xitoydan tashqari 5—8-sentabr kunlari Laosga tashrif buyurish niyatida. U yerga bundan avval AQSh prezidentlari tashrif buyurmagan. U yerda Obama ishtirokida AQSh — Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi sammiti va Sharqiy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, Obamaning Rossiya prezidenti, Turkiya prezidenti (Xitoyda) va Filippin prezidenti (Laosda) bilan ikki tomonlama uchrashuvlari belgilangan.
Izoh (0)