Tailandda 2016-yil boshidan buyon Zika virusiga chalinganlar soni 100 kishidan oshdi. Bu haqda The Nation gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tailand qirolligi sog‘liqni saqlash vazirligi yilning birinchi yarmida hududda Zika virusiga chalinganlar 97 kishi ekanini ma’lum qilgandi. The Nation gazetasining qayd etishicha, so‘nggi haftada mamlakatning to‘rtta hududida kasallikka chalinishning yangi holatlari aniqlandi.
“Zika virusining tarqalishiga qarshi kerakli chora-tadbirlarni qo‘lladik”, – dedi Tailand sog‘liqni saqlash vazirligining kasalliklar tarqalishini nazorat qilish departamenti boshlig‘i Amnyuay Gajina.
Xabarda qayd etilishicha, 2012–2015-yillar davomida mamlakat hududida Zika virusiga chalinishning yiliga atigi 5 tagacha holati kuzatilar edi.
Amnyuay Gajinaning fikricha, Tailandda Zika virusiga chalinish holatlari ko‘rsatkichining keskin ravishda o‘sishi kasallikni aniqlashdagi yangi texnik imkoniyatlar bilan bog‘liq.
Izoh (0)