Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasi klublari yozgi transfer bozori yopilib ulgurmay, rekord darajada pul chiqim qilib ulgurdi.
“Championat.asia”ning SkySports’ga asoslanib ma’lum qilishicha, APL jamoalari hozirga qadar 1 milliarddan funt-sterlingdan ko‘proq mablag‘ni futbolchi sotib olishga sarf qilib ulgurgan.
Statistika Premyer-Liganing o‘rtamiyona klublari ham transfer bozorida faol bo‘lganini ko‘rsatdi. Chempionatning 12 klubi transfer uchun sarf etgan puli bilan o‘z rekordini yangilashga erishgan.
Yozgi transfer bozoridagi eng katta xaridlar beshtaligidan Manchester shahri klublarining umumiy 4 ta, “Arsenal”ning esa 1 ta transferi joy oldi.
“Yunayted” Pol Pogba (105 million) hamda Genrix Mxitaryan (42 million) kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun umumiy 147 million sarf etdi.
“Siti” Jon Stounz (56 million) va Leroy Sane (49 million) uchun 105 million sarf qildi. Top-5 dan joy olish uchun “Arsenal” Granit Jakaga 45 millionni atadi.
Izoh (0)