Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Modolitsi qishlog‘i ustidan paraplanda uchib o‘tayotgan uchuvchi boshqaruvni yo‘qotib, 400 metr balandlikdan quladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Huquq-tartibot xodimlari bu haqda 28-avgust, yakshanba kuni, 1986-yilda tavallud topgan erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risidagi telefonogramma orqali xabar topdi. Shifokorlar erkakka bosh miya jarohati tashxisini qo‘ydi.
Boshqa manbalarning ta’kidlashicha, 30 yoshli paraplanchi bosh miya jarohatidan tashqari o‘ng oyoq boldiri va bel qismini shikastlagan.
Izoh (0)