Kreml O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning davolanayotgani munosabati bilan chuqur tashvishdaligini bildirib, uning tez orada sog‘ayib ketishini tiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Shubhasiz, biz O‘zbekiston Prezidentining kasalligidan chuqur tashvishdamiz, Moskva uning tez orada sog‘ayib ketishini tilaydi”, — dedi Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Kreml O‘zbekiston Prezidentining tez orada sog‘ayib ketishini tilaydi”, — ta’kidladi Peskov.
“Biz O‘zbekiston bilan Prezidentlarimizning yaqinda bo‘lib o‘tgan muloqotlari natijalariga ko‘ra belgilangan rejalar doirasidagi munosabatlarimizni qadrlaymiz”, — qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov statsionar davolanishda ekanini ma’lum qildi.
Izoh (0)