Rossiyaning Volgograd viloyatida shu yil hisobidan G‘arbiy Nil bezgagiga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“2015-yilda G‘arbiy Nil bezgagiga chalinish holatlari qayd etilmagan edi. Bu yil birinchi holat laboratoriyada tasdiqlandi. Sredneaxtubinsk tumanida nafaqaxo‘r ayol bezgakni yuqtirib olgan. U hozirgi paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, ahvoli barqaror. Kasallik yengil shaklda kechayotgan bo‘lsa-da, virusga qarshi kompleks davo muolajalari o‘tkazilmoqda”, — dedi “Rospotrebnadzor” hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Yuriy Ketov.
U, shuningdek, ushbu infeksiya asosan keksa kishilarda qayd etilishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)