Shotlandiyalik yugurish ustasi Dion Leonard Xitoydagi Gobi cho‘lida o‘tgan musobaqada unga sheriklik qilgan itni topish uchun ushbu mamlakatga qaytib keldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tashkilotchilar tomonidan Gobi laqabi berilgan daydi it u bilan yonma-yon 100 kilometr masofani bosib o‘tgan va kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Leonard itni asrab olishga qaror qildi, ammo bu borada bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Zarur hujjatlar va jarayonalarga pul to‘plash uchun sportchi Bring Gobi Home kraudfanding kampaniyasini o‘tkazib, 22 ming funt sterling to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid:
Avgust oyining o‘rtasida it Pekinga yuborilishi oldidan Urumchidan jonivorlar boshpanasidan qochib ketdi. Leonard Gobini topish maqsadida Xitoyga qaytib keldi. U ijtimoiy tarmoqlar va OAVga e’lon berishdan tashqari, o‘zi ham bevosita qidiruvlarda ishtirok etmoqda.Nihoyat, mahalliy aholi vakillaridan biri itni topib, darhol Leonard bilan bog‘landi. It sportchini ko‘rgan zahoti tanidi va uning atrofida aylana boshladi.
Shotlandiyalik sportchi bu safar barcha hujjatlar tayyor bo‘lmaguniga qadar Xitoyda qolishga va ular Edinburgga ketguniga qadar Gobini jonivorlar boshpanasida yo‘qlab turishga va’da berdi.
Izoh (0)