“Milan”ning 17 yoshli darvozaboni Janluiji Donnarumma 1911-yildan buyon Italiya terma jamoasi saflariga chaqirilgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Bu haqda, Football Italia portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
27-avgust kuni terma jamoa bosh murabbiyi Jampyero Ventura Fransiya hamda Isroilga qarshi kechadigan bahslar uchun saralab olingan 26 nafar futbolchining nomini oshkor qildi. Ular orasida tilga olingan asosiy darvozabon — “Yuventus” yulduzi Janluiji Buffon Donnarummadan 21 yoshga kattadir.
Terma jamoa tarkibiga Donnarummadan ham yoshligida taklif qilingan futbolchilar Rodolfo Javinelli va Renso de Vekki edi (1910–1911-yillarda). O‘shanda ular 16 yoshda edi.
O‘tgan mavsumda Donnaruma “Milan” tarkibida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol o‘tkazib yubordi.
Izoh (0)