Rossiyaning Chukotka o‘lkasida yolg‘iz oq ayiq bolasi topib olindi. Mutaxassislar uni hayvonot bog‘iga yo‘llashga hozirlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Dengiz sut emizuvchilari bo‘yicha kengash a’zosi Viktor Nikiforov bu haqda ma’lumot berarkan, mitti jonivor bir necha kun muqaddam Rirkaypiy qishlog‘ida topib olinganini, u ayni paytda mahalliy aholi vakillarining uyida baliq bilan boqib turilganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)