AQShning Kentukki shtatida ikki kishi McDonald’s restoranida sotib olingan taomlarda qurt borligi haqida shikoyat qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Meyfild shahri fuqarosi Medison Stivens o‘zi va 1 yoshli o‘g‘li uchun 21-avgust kuni mahalliy McDonald’s restoranidan sotib olingan burgerini yeyishga tayyorlanayotganida uning ichidan tirik qurt chiqqan. Stivens voqea yuzasidan McDonald’s vakillariga murojaat qilgan. Kompaniya esa unga 10 dollarlik sovg‘a chiptasini yuborgan.
23-avgust kuni Leysi Lovett Meyfilddan 40 km uzoqlikda joylashgan Draffenvil shahridagi McDonald’s restoranida sotib olingan burgerda ham qurt aniqlagan.
McDonald’s matbuot kotibi Maykl Lavning ma’lum qilishicha, kompaniya hodisa yuzasidan surishtiruv olib borib, muammoning hal bo‘lishi uchun tegishli choralar qo‘llaydi.
Izoh (0)