WhatsApp mobil messenjeri rahbariyati yaqin vaqt ichida o‘z foydalanuvchilarining telefon raqamlarini Facebook kompaniyasiga topshira boshlashini e’lon qildi. Facebook messenjerni 2014-yilda sotib olgan edi, deb eslatadi “TASS”.
Shu tariqa, Facebook messenjer foydalanuvchilariga o‘z reklamasini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ko‘pchilikda salbiy munosabat uyg‘otishi mumkin. Shu munosabat bilan messenjer rahbariyati istagan foydalanuvchi o‘z raqami Facebook’ka yuborilishidan bosh tortishi mumkinligini bildirdi.
Shuningdek, messenjer vakillari telefon raqamlari yana kimlargadir berilishini istisno qildi.
Izoh (0)