Ispaniyaning “Barselona” klubi sharafini himoya qilgan Chili terma jamoasining 33 yoshli darvozaboni Klaudio Bravo rasman “Manchester Siti” a’zosiga aylandi. Bu haqda “shaharliklar” rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Tomonlar 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. Kelishuvning moliyaviy shartlari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Klaudio Bravo Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh–2014 turniridan so‘ng “Barselona”ning e’tiboriga tushgan va kataloniyaliklar uni “Real Sosyedad” klubidan xarid qilgandi. Shu kungacha 33 yoshli chililik posbon “ko‘k-anorranglilar” tarkibida 70 o‘yinda maydonga tushgandi.
Izoh (0)