AQShning Xalqaro kosmik stansiyadan ajralib chiqib, yerga yo‘l olgan Dragon kosmik kemasi Tinch okeanida muvaffaqiyat bilan tushdi. Bu haqda, SpaceX kompaniyasi vakillarining bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Dragon’ning muvaffaqiyatli qo‘nishi tasdiqlandi, minglab funt NASA ilmiy-tadqiqiy yuklari kosmik stansiyasidan qaytarildi”, — deb xabar berildi kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.
Dastavval apparat Meksika sohilidan 520 kilometr narida qo‘nishi kutilayotgan edi. Endilikda kapsulani mutaxassislar suvdan chiqarib oladi. Ular yukni Los-Anjeles yaqinidagi portlardan biriga yetkazadi.
SpaceX kompaniyasi tomonidan yasalgan apparat iyul oyida Xalqaro kosmik stansiyaga oziq-ovqat va asbob-uskuna yetkazib bergan edi. Bugun, 26-avgust kuni ilmiy tadqiqot materiallari joylangan apparat Yerga qaytdi.
Izoh (0)