YChL. Guruh bosqichida Gvardiola “Barselona” bilan, “Bavariya” “Atletiko” bilan, “Real” “Borussiya Dortmund” bilan to‘qnash keladi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etuvchi 32 jamoa o‘z raqiblarini bilib oldi.
Foto: UEFA
O‘tgan mavsum “Atletiko” dovonidan o‘ta olmagan “Bavariya”, guruh bosqichida shu raqib bilan to‘qnash keldi. Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” esa “Barselona” bilan raqobat qiladi.
Izoh (0)