Italiyaning futbol bo‘yicha barcha ligalari mamlakatning markaziy qismi – Umbriya hududida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yevropa Ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinlari doirasidagi “Srvena Zvezda” (Serbiya) — “Sassuolo” (Italiya) o‘rtasidagi Belgraddagi uchrashuv oldidan ham 1 daqiqalik sukut saqlanadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 247 kishiga yetgan. Mamlakatda qurbonlar xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Izoh (0)