Qarshining “Nasaf” futbol klubi O‘zbekiston Kubogi finali uchun birinchi qadamni tashladi. Yarim final doirasida “Buxoro”ni qabul qilgan Qarshi jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda Fozil Musayev hamda Igor Golban gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gollar javob o‘yini oldidan “Nasaf”ning imkoniyatlarini oshirib berdi.
Davralar oralig‘ida ikki asosiy futbolchisi — Artur Gevorkyan hamda Erkin Boydullayevni qo‘yib yuborgan “Nasaf” ketma-ket besh uchrashuvda zafar quchdi. Oliy Liganing ikkinchi davrasida “Sho‘rtan” (3:0), “Olmaliq” (2:1), “Obod” (3:0) va “Paxtakor” (2:1) klublari mag‘lub etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Kubogida “Buxoro” (2:0) taslim qilindi.
O‘zbekiston Kubogi Yarim final 23-avgust, seshanba