Eron milliy terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun Angliya va Germaniya klublarining nazariga tushdi, deb xabar berdi “Championat.asia” Football Channel Asia nashriga asoslanib.
Bunda asosiy da’vogar Bundesliganing “Shalke” jamoasi ekani aytilgan. Klub “Manchester Siti”ga pullab yuborgan futbolchisi Leroy Sanega o‘rinbosar sifatida Sardor Azmunni ko‘rayotgani ma’lum qilingan.
Spox, Fourfourtwo, Goal kabi nashrlar esa “Shalke”ga raqobatchilik qilishi mumkin bo‘lgan klublar sifatida “Bayer”, “Liverpul”, “Everton”, “Marsel” kabi jamoalarni ko‘rsatgan.
Sardor Azmun Eron milliy terma jamoasi safida 30 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiyaning “Rostov” klubi sharafini himoya qiladigan hujumchi rus Premyer-Ligasidagi jami 64 ta o‘yinida 17 ta golni o‘z nomiga yozib qo‘ygan.
Izoh (0)