Portugaliyaning “Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ketma-ket 18-bor to‘p suradigan bo‘ldi.
Madridning “Real” klubi bilan qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida 16 bor ishtirok etgan Kasilyas, yakunda 3 bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. U “Portu” bilan qatorasiga ikkinchi bor Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qadam qo‘ydi.
Bunga qadar uelslik futbolchi Rayan Giggzga Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ketma-ket 18 bor ishtirok etish nasib qilgan bo‘lib, u faqatgina bir klub — “Manchester Yunayted” safida shunga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)