Shotlandiyaning “Seltik” futbol jamoasi muxlislari falastinliklarga 45 ming funt sterlingdan ortiq xayriya mablag‘lari yo‘llaydi. Bu haqda, Sky Sports telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bu mablag‘ ixtilof zonasida yashayotgan falastinliklarga gumanitar yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi jamg‘armaga xayriya qilinadi.
Ilgariroq Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida “Seltik”ning “Xapoel”ga (Isroil) qarshi uchrashuvida shotlandiyalik muxlislar Falastin bayroqlarini ko‘tarib chiqqani bois UEFA jamoaga qarshi ish ochgan edi.
Javob uchrashuvi 23-avgust kuni Isroilda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)