Qashqadaryoda Talimarjon issiqlik elektr stansiyasining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2004-yil oxirida Talimarjon IESda quvvati 800 MVt li energoblokning ishga tushirilishi mamlakat energetika tizimida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan eng yirik loyihalardan biri bo‘ldi.
Davlat rahbarining 2010-yil 14-iyuldagi “Talimarjon IESni har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan 2 ta bug‘-gaz qurilmasi qurish bilan kengaytirish investitsion loyihani amalga oshirishdagi birlamchi chora tadbirlari to‘g‘risida"gi va 2013-yil 7-martdagi qarorlari asosida 2016-yil avgust oyida birinchi, dekabr oyida ikkinchi energobloklarni ishga tushirish belgilangan. Bosh pudratchi Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering and Construction kompaniyasi tomonidan shu kunga qadar 313,92 million dollarlik texnologik jihozlar yetkazib berildi. 1-BGK ning montaj-sozlash va moslashtirish ishlari nihoyasiga yetdi va elektr energiyasini tizimga uzatishni boshladi.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda, “PGU-To‘palang” shu‘ba korxonasining malakali mutaxassislari bilan birga, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya kabi rivojlangan davlatlardan 500 ga yaqin ishchi-mutaxassis ishtirok etmoqda.
Talimarjon IESda ikki energoblokning ishga tushirilishi natijasida yiliga qo‘shimcha 7,2 milliard kilovat/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Izoh (0)