Meksikaning kamida 1,88 ming aholisi Zika bezgagi bilan kasallangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oxirgi hafta ichida kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq 265 ta yangi holat qayd etildi.
Zika virusiga eng ko‘p chalinganlar — 588 kishi Gerrero shtatida aniqlangan.
Undan keyingi o‘rinlarni Chyapas, Verakrus va Oaxaka kabi hududlar egallaydi. Mazkur hududlarda kasallik tashxisi tegishli tarzda 500, 308 va 301 kishiga qo‘yilgan.
Izoh (0)