AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton ABC telekanalining jonli efirida jismoniy holati haqidagi mish-mishlarni rad etib, boshlovchi Jimmi Kimmelning tuzlangan bodring bankasini qo‘lida ochish taklifini qabul qildi.
Hillari Klinton biroz qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, bankani ochishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur holatning videosi YouTube videoxostingiga joylandi.
Avvalroq AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp va uning tarafdorlari Hillari Klinton 8-noyabrdagi saylov natijasiga ko‘ra prezident etib saylansa, uning sog‘lig‘idagi muammolar Oq uyda ishlashga xalal berishini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)