O‘zbekistonda 23-avgust, chorshanba kuni quruq va issiq iqlim sharoiti saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, seshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +18...+20 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +20...+25 daraja, qolgan barcha hududlarda +23 darajagacha iliq bo‘ladi.
23-avgust kuni kunduzi esa mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +20...+25 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +36 darajagacha, qolgan barcha hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 23-avgustga o‘tar kechasi va 23-avgust kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamolning tezligi kuchayib, soniyasiga 15—20 metrni tashkil etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 21-avgust kuni O‘zbekiston hududidagi eng kuchli shamollar Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida qayd etilgan, u yerda shamolning tezligi soniyasiga 25 metrga yetgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)