O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 3-saralash bosqichidan joy olgan o‘yinga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.
Bu haqda O‘FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov “Championat.asia” sayti muxbiriga ma’lum qilgan.
Bir necha kun muqaddam milliy terma jamoa murabbiylari “Bunyodkor” stadionida bo‘lib, Burkina-Fasoga qarshi 24-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinini “Paxtakor” stadionida o‘tkazish qaroriga kelgandi.
Burkina-Fasoga qarshi “Paxtakor” stadionidagi o‘yin ham, Suriya termasiga qarshi “Bunyodkor” stadionidagi bellashuv ham 20:00 da boshlanadi.
Izoh (0)