Rossiyada 2016-yil davomida davlat lotereyalarida ishtirok etgan 427 kishi millionerga aylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Davlat lotereyalari statistikasiga ko‘ra, 2016-yilning sakkiz oyi davomida 427 nafar rossiyalik lotereya millioneriga aylangan (1 million va undan ortiq yutuq kategoriyasi g‘olibi), ulardan 43 nafari omadli chiptani Rossiya pochtasi bo‘limlaridan xarid qilgan.
Rossiya pochtasi kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2016-yilda kompaniyaning 143 nafar mijozi 50 ming rubldan ortiq yutuqqa ega bo‘lgan, bu kabi yutuqlarning jami summasi 75 million rubldan ortiqni tashkil etadi.
Kompaniya matbuot xizmati ikki yil davomida mijozlari orasidagi lotereya g‘oliblarining umumiy soni 5,5 million kishidan oshganligini qo‘shimcha qildi.