Toshkentdagi uchinchi halqa yo‘lining bir qismiga aylanayotgan Muqimiy ko‘chasida so‘nggi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Facebook’da Muqimiy — Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan olingan yangi fotosuratlar e’lon qilindi.
Yo‘lning Chilonzor Oqtepa maydonidan “Novza” metro bekatiga qadar bo‘lgan qismi to‘liq qayta asfaltlangan, yo‘lning metro bekat yaqinidagi qismiga yo‘l chiziqlari ham chizib bo‘lingan. Mazkur yo‘l transport qatnovi uchun hozircha yopiq.
Facebook foydalanuvchilari Muqimiy ko‘chasining bir qatnov tomonidagi harakatlanish bo‘laklari soni yettitagacha ko‘payganiga alohida e’tibor qaratgan. Qayd etish joiz, bo‘laklar soni chorraha yaqinida yettitaga yetadi, bungacha undagi bo‘laklar soni 4—5 tani tashkil etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)