Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi Qarshi shahrida 20-avgust, shanba kuni havo harorati +39 darajagacha ko‘tarildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, bu O‘zbekiston viloyat markazlari orasida shu kuni qayd etilgan eng yuqori harorat bo‘ldi.
Ayni vaqtda, Samarqand va Andijon shaharlari O‘zbekiston viloyat markazlari orasida 20-avgust kuni eng salqini bo‘ldi — bu shaharlarda havo harorati eng yuqori ko‘rsatkichi +34 darajadan oshmadi.
Shu kuni Toshkent, Namangan, Farg‘ona shaharlarida havo harorati +35 darajagacha, Nukus, Urganch, Navoiy, Jizzax shaharlarida +36 darajagacha, Buxoro, Guliston, Termiz shaharlarida esa +37 darajagacha ko‘tarildi.
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 20-avgust kuni kunduzi va 21-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning hech bir hududida yog‘ingarchilik kuzatilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)