Braziliya terma jamoasi hamda “Barselona” klubi hujumchisi Neymar mamlakat termasi sardorligidan voz kechishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress”.
“Braziliya terma jamoasi sardori bo‘lish katta sharaf edi. Ammo ushbu lahzadan boshlab men sardor emasman. Tite (bosh murabbiy – “Daryo” izohi) boshqa sardor izlashi mumkin”, – dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya Rio–2016 futbol turnirining finalida Germaniyani (1:1, 5:4 – penaltilar seriyasi) mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk bor Olimpiya chempioni bo‘ldi.
Izoh (0)