Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov avtomatik ravishda nimchorak final chiptasini qo‘lga kiritdi.
97 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqaning saralash bosqichida uning raqibi Gvineya-Bisau mamlakatidan tashrif buyurgan Buassat Jonde edi. U o‘zbekistonlik sportchiga qarshi gilamga chiqishdan bosh tortdi.
Magomed Ibragimov musobaqaning 1/8 finalida Afrika qit’asining boshqa bir vakili — nigeriyalik Soso Tamarauni imtihondan o‘tkazadi.
Izoh (0)